
"Real"ning ikki nafar etakchisi shu hafta safga qaytadi
Tez orada "Real"ning ikki nafar asosiy tarkib futbolchilari safga qaytadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, shu hafta ichida himoyachi Serxio Ramos va yarim himoyachi Eden Azar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Ushbu ikki futbolchi shanba kuni La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Eybar"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ramos yanvar oyida opertsiya qilingan edi. 30 yoshli Azar esa fevral oyi boshida son mushaklaridan jarohat olgan.
Fikrlar