
"Real"ning inqirozida kim aybdor? Anchelotti javob berdi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubning so‘nggi muvaffaqiyatsizliklari sababini aytdi. Yakshanba kuni "qirollik klubi" unchalik kuchli bo‘lmagan raqib "Malorka"ga (0:1) safarda mag‘lub bo‘ldi va chempionlik poygasida "Barselona" bilan farqni 8 ochkogacha oshirib yubordi.
"Hamma bizni g‘alaba qozonadi, deb hisoblamoqda. Ammo so‘nggi paytlarda hammasi rejadagidek ketayotgani yo‘q.
Yakshanba kungi mag‘lubiyatga qaramay, biz o‘sishda davom etyapmiz. Jamoada jarohatlar bor edi. Barchasi taqvimning zich va noqulay tuzilganidan bo‘ldi", - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda "qaymoqranglilar" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozona olmasa, Anchelotti jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu turnirning yarim final uchrashuvi 8 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Madridliklar unda Misrning "Al"-Ahli" jamoasi bilan bahs olib boradi.
Fikrlar