"Real"ning muhim futbolchisi finalni o‘tkazib yuborishi kutilyapti

  • 9 may, 2024, 21:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Orelen Chuameni Chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishi mumkin. 

"Real" frantsiyalik yarim himoyachi chap oyog‘idan jarohat olganini ma’lum qildi. Futbolchining tiklanish vaqti hali aniq emas. 

"The Athletic" jurnalisti Gilermo Rayyaning yozishicha, klub yarim himoyachining Chempionlar ligasi finalida ishtirok etishi bo‘yicha pessimistik fikrda. 

Chempionlar ligasi finalida madridliklar Dortmundning "Borussiya"si bilan to‘qnash keladi. O‘yin 1 iyun kuni "Uembli"da bo‘lib o‘tadi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!