
Relevo: 2036 yilgi Olimpiada Qatarda bo‘ladi
Qatar poytaxti Doha shahri 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Qatarliklar hozirda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan bu bo‘yicha yakuniy tafsilotlarni muvofiqlashtirmoqda, deb xabar bermoqda Relevo nashri.
Hozirda 2028 yilgi Olimpiada AQShning Los-Anjeles shahrida, 2032 yildagi o‘yinlar esa Avstraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilishi belgilangan.
Qatar nomzodi esa 10 yildan ortiq vaqt davomida yirik sport musobaqalariga mezbonlik qilgani uchun ko‘rib chiqildi.
Dohada 2006 yilda Osiyo o‘yinlari, 2011 yilda futbol bo‘yicha Osiyo kubogi, 2015 yilda gandbol bo‘yicha jahon chempionati, 2016 yilda velosport bo‘yicha jahon chempionati, 2018 yilda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati, 2019 yilda engil atletika bo‘yicha jahon chempionati, 2022 yilda erkaklar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati, 2024 yilda suzish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tgan. 2027 yilda poytaxt basketbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikrlar