"Renn" himoyachisi Jeremi Jake "Chelsi"ga o'tishga yaqin
"Renn" jamoasining markaziy himoyachisi Jeremi Jake faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Topskills Sport UK" ma'lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi "Liverpul" va boshqa bir qator top-klublar qiziqishiga qaramasdan, "Chelsi"ga o‘tishga qaror qilgan. Hozirda "ko‘klar" va Frantsiya klubi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Biroq kelishuvni yanvar oyida yakunlash qiyin deb baholanmoqda. Eng ehtimoliy variantga ko‘ra, Jake "Chelsi"ga yozda qo‘shiladi.
Jeremi Jake "Renn" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt portali Jakening bozor qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar