Reshford "Barselona"ning taklifini rad etmoqchi

  • 30.03.2019 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Iste’dodli hujumchi Markus Reshford "Manchester Yunayted"da qolishga qaror qildi.

Metro nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Ule Gunnar Sulsher MYuga doimiy bosh murabbiy etib tayinlangach, Reshford shunday qarorga keldi. Shu bois u "Barselona"dan bo‘lgan taklifni rad etib, “qizil iblislar” bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli angliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!