Reshford bugungi finalda maydonga tushadimi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Nyukasl"ga qarshi Liga kubogi finalida ishtirok etishga tayyor.
25 yoshli futbolchi payshanba kuni Evropa ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Jamoa ustozi ten Xag angliyalik futbolchininng maydonga tushishi so‘roq ostida turgani ma’lum qilgandi. Biroq Reshford o‘yin qaydnomasiga kiritildi va jamoasiga yordam beradi.
Markus joriy mavsum "qizil iblislar" safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi.

Fikrlar