Reshford “Manchester Yunayted”ga “bosh og‘riq” bo‘lyapti

  • 16.12.2024 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi Markuch Reshford ser Aleks Fergyuson bashorat qilganidek klub tarixidagi eng zo‘r futbolchi maqomiga ko‘tarila olmadi.

Bir necha mavsumdan beri tajribali hujumchi yuqori darajaga chiqa olmayapti. Unga barqarorlik etishmayapti.

Ruben Amorim jamoani qayta shakllantirish vazifasini olgan. Portugaliyalik mutaxassis Reshfordni o‘zi suyanadigan o‘yinchilar qatoriga kiritmadi. Klub qimmatbaho yulduzni sotib yuborishga qaror qilgan.

The Telegraph nashrining yozishicha, hozircha klub 27 yoshli hujumchi bo‘yicha biror jiddiy taklif olgani yo‘q. Bunga Markusning maoshi kattaligi sabab ekani aytilmoqda. Reshford klub bilan shartnomani 2028 yilning yarmigacha uzaytirganida maoshi haftasiga 325 ming funt qilib belgilangan.

Lekin bugungi kunda Markus ko‘rsatayotgan o‘yin olayotgan maoshiga arzimaydi. Qolaversa, Evropa milliy ligalarida Angliya Premer-ligasi jamoalarichalik katta maoshni ko‘tara oladigan klublar ko‘p emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!