Reshford "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin!

  • 1 fevral, 2024, 20:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. "Football Insider" nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" 26 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqib qolgan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "kanonirlar" joriy mavsum yakunlanganidan keyin Reshfordni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Qayd etilishicha, futbolchining MYudagi kelajagi so‘nggi paytlardagi Ten Xagning tartib-intizomi   bilan bog‘liq muammolardan keyin ham so‘roq ostida qolmoqda.

Avvalroq, "qizil iblislar" qishda Markusni sotmaslikka qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 26ta o‘yinda ishtirok etib, to‘rtta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!