
Reshford "qirol Erik"dan o‘tib ketdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya chempionati 22-turida "Sautgempton" darvozasini ishg‘ol qildi.
Markus "qizil iblislar" safida barcha turnirlarda gollari sonini 83 taga etkazib oldi va MYuning to‘purarlari ro‘yxatida sobiq futbolchi Erik Kantonaning (82) natijasini ortda qoldirdi.
"Kantona klub uchun ko‘p ishlar qilgan. Uning natijadan o‘tib ketganimdan xursandman. Men yanada ko‘proq gol urishni xohlayman", - deydi Reshford.
"Manchester Yunayted"ning umumiy to‘purarlari ro‘yxatini mankunianliklar sobiq sardori Ueyn Runi 253 ta gol bilan boshqarib turibdi.
Fikrlar