
Reshford shaxsiy rekordini yangiladi
Yakshanba kuni APL doirasida "Manchester Yunayted" "Old Trafford"da "Lester"ni qabul qildi va 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. "Qizil iblislar" hujumchisi Markus Reshford ikkala bo‘limda bittadan gol urdi.
Shu tariqa angliyalik forvard 2022/2023 yilgi mavsumda barcha musobaqalardagi gollari sonini 24 taga etkazib oldi: Premer-ligada 14ta, Liga kubogida 5 ta, Evropa ligasida 4 ta va Angliya kubogida bitta to‘p kiritgan. Bu mankunianliklar futbolchisi uchun yangi shaxsiy rekorddir.
Avvalroq, Markus uchun o‘yin ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yaxshi natija 2019/2020 yilgi mavsum bo‘lib, o‘sha mavsumda hujumchi 22 ta gol urgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Erik ten Xag shogirdlari APL turnir jadvalida 49 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar