
Reshford va Konor Koudi Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etishdi
Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi bahslari oldidan ikkita futbolchisini klub ixtiyoriga qaytarib yubordi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford APL 8-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi bahsda olgan jarohat olganiga qaramasdan bosh murabbiy Garri Sautgeyt milliy jamoa yig‘inga taklif qilgan edi. Biroq terma jamoa shifokorlari uni klub ixtiyoriga qaytarib yuborishni ma’qul ko‘rishgan. Shuningdek, "Vulverxempton" himoyachisi Konor Koudida koronavirus aniqlangani uchun karantinga olingan.
Oldinroq, "Liverpul" himoyachisi Jo Gomes mashg‘ulotlar vaqtida jiddiy jarohat olgani ma’lum qilingandi. Himoyachi kecha tizzasidan operatsiya qilindi.
Fikrlar