Reshforddan qoyilmaqom ko‘rsatkich (statistika)

  • 11 yanvar, 2023, 21:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford ketma-ket 6-o‘yinda gol urdi.

Tecno

Angliyalik futbolchi Angliya Liga kubogi doirasida "Charlton"ga qarshi o‘yinning (3:0) 60-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va dubl qayd etdi.

Hujumchining golli seriyasi 21 dekabr kuni "Byornli"ga qarshi o‘yinda (2:0) boshlangan. Jahon chempionatidagi tanaffusdan so‘ng Reshford 6 o‘yinda 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchi joriy mavsumda "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda jami 15 ta gol urdi va bu o‘tgan mavsumga nisbatan 3 barobar ko‘p.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!