Reshfordning PSJga o‘tishi qanchalik haqiqat?

  • 28.11.2025 20:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" safida ijara asosida harakat qilib kelayotgan Markus Reshford faoliyatini PSJda  davom ettirishi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. 

Jurnalist Ben Jeykobsni xabar berishicha, futbolchiga PSJ klubi qiziqsh bildirmoqda. Lekin Angliya OAVlarida bu xabar inkor etilmoqda. Parij klubi 2026 yilda hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida, ammo Markus ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar ro‘yxatiga kirmaydi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, 28 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar "Barselona" bo‘lilib qoladi. Sababi, ular taxminam 30 million evro evaziga futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Reshford joriy mavsum Flik qo‘l ostida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan va 9 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!