Respekt! "Roma" futbolchilari va murabbiylari mavsum oxirigacha maoshlaridan voz kechishdi
“Roma” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi 4 oyga - mart, aprel, may va iyun oylari uchun maoshlaridan voz kechishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, futbolchilar va murabbiylar shu tariqa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida klubga yordam berishga qaror qilishdi. Ta’kidlanishicha, davlatning ijtimoiy himoya dasturiga o‘tgan “Roma” xodimlari endi oddiy maosh olishadi.
“Roma” bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, agar mavsum davom ettirilsa va ko‘zlangan natijalar qo‘lga kiritilsa, futbolchilar qo‘shimcha bonuslar bilan mukofotlanishadi.

Fikrlar