Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida imtihonlar yuqori saviyada tashkil etildi (FOTO)

  • 17 sentabr, 2022, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, 16-17 sentyabr kunlari Respublikamizning barcha xududlaridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida paralimpiya yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, ushbu imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Olimpiya va paralimpiya zahiralari kollejining para engil atletika, para dzyudo, para suzish, para velosport, para akademik eshkak eshish, para pauerlifting va para taekvondo sport turlari bo‘yicha 1-kurs talabasiga aylanadi.

Bugun Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ham o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar mezonlari asosida tashkil etildi. Ushbu markaz para dzyudo, para taekvondo hamda para engil atletika sport turlari bo‘yicha jami 15 nafar o‘quvchini qabul qilishi rejalashtirilgan. Markazda bo‘lib o‘tgan imtihon jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilganini alohida qayd etib o‘tish lozim.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda markaz rahbariyati, sportimiz faxriylari, mashhur paralimpiya sportchilari, o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!