Riberi - ajoyib inson, unda katta yurak bor
Transferi «Fiorentina» klubiga tegishli yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng frantsiyalik hujumchi Frank Riberining insoniylik fazilatlarini yuqori baholadi. Bu haqda futbolchi intragramdagi sahifasida ma’lum qildi.
- Frank — ajoyib inson. U oilaparvar va katta yurakka ega. Men hech qachon boshqa odamlarda undagi kabi g‘amxo‘rlikni ko‘rmaganman. Oshpazlar, fizioterapevtlar va boshqalarga doimo e’tiborda, - dedi Boateng.
Ganalik futbolchi Turkiyaning "Beshiktosh" klubida bu mavsum 26 turning 6 tasida maydonga tushdi va 2 marta gol urdi.
Fikrlar