
Riberi "Fiorentina"dan bunday munosabat kutmaganini aytdi
"Fiorentina"dan shartnoma muddati tugashi munosabati bilan ketgan frantsiyalik yarim himoyachi Frank Riberi bu haqda fikr bildirdi.
“Men Florentsiyada ikki ajoyib yilni o‘tkazdim. Ketganimdan afsusdaman, men bu erda yana bir mavsum qolishni xohlardim. "Fiorentina" uchun barcha o‘yinlarda bor kuchimni berdim, ammo hech kim men bilan yangi shartnomani muhokama qilmadi. Men bu klubdan ko‘proq hurmat kutgandim”, - dedi Riberi.
Riberi “Fiorentina” safiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 51 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Frank Riberi faoliyati davomida “Galatasaroy”, “Marsel” va “Bavariya” kabi klublarda o‘ynagan. Frantsiya terma jamoasi safida 81 ta o‘yinda maydonga tushgan va 16 ta gol urgan.
Fikrlar