
Riberi koronavirusga qarshi kurashish uchun 50 ming evro xayriya qildi
Italiya koronavirus o‘chog‘iga aylanganidan barcha yaxshi xabardor. Mamlakatning ko‘plab axolisi COVID-19 virusidan aziyat chekmoqda.
“Fiorentina” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi bunday og‘ir damda yaxshilik qilishga chog‘landi. Frantsiyalik futbol yulduzi Florentsiya shahrida koronavirusga qarshi kurashish uchun 50 ming evro xayriya qildi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Italiyada koronavirusdan vafot etganlar soni ayni damga kelib 3 mingdan ortib ketdi.
Fikrlar