Riberi simulyatsiya qilgani uchun jarimaga tortildi

  • 10 noyabr, 2020, 21:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi A Seriyaning 7-turidan o‘rin olgan "Parma"ga (0:0) qarshi o‘yinda simulyatsiyasi uchun jazolandi.

A Seriya tartib-intizom qo‘mitasi ushbu harakatlari uchun 37 yoshli frantsuzni 2 ming evro jarimaga tortgan.

Riberi joriy mavsum “Fiorentina” safida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!