Riko Verhuven apellyatsiya bermoqchi
Niderlandiyalik taniqli kikbokschi Riko Verhuven ukrinalik Aleksandr Usikka qarshi mag‘lubiyatidan keyin apellyatsiya berishini ma’lum qildi.
"Hakam jangni qo‘ng‘iroq chalingandan keyin to‘xtatdi. O‘ylashimcha, apellyatsiya berish kerak. Chunki chiqarilgan qaror hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Raund tugayotgandi. Buni hisobga olishi lozim edi. Albatta, sportda xatolar bo‘lishi tabiiy, lekin hakam endi o‘z xatosini tan olishi va ushbu bahs “o‘tkazilmagan” (no contest) deb topilishi kerak!" - dedi Riko.
Eslatib o‘tamiz, Verhuven va Usik to‘qnashuvi 11 raundda to‘xtatilib, Ukraina vakiliga texnik nokaut evaziga g‘alaba berildi.

Fikrlar