
Rivaldo: Bu braziliyalik murabbiylar uchun hurmatsizlik
1999 yilgi "Oltin to‘p" sohibi, “Bunyodkor”ning sobiq futbolchisi Rivaldo Braziliya terma jamoasini boshqarish uchun xorijdan murabbiy taklif etilishiga mutlaqo qarshi.
Eslatib o‘tamiz, Tite JCh-2022 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iste’foga chiqarildi. Shu tariqa besh karra jahon chempionlari murabbiysiz qoldi. Rivaldoning fikricha, uning o‘rnini faqat boshqa mahalliy mutaxassis egallashi mumkin.
“Men xorijdan mutaxassis taklif qilish fikriga umuman qo‘shilmayman. Menimcha, bu braziliyalik murabbiylarimizga nisbatan hurmatsizlikdir. Qolaversa, bizda yaxshi murabbiylar ko‘p. Rojero Cheni, Renato Gaucho, Kuk, Fernando Dinits, Dorival Junior. Qolaversa, chet ellik murabbiy keyingi jahon chempionatida g‘alaba qozonishimizga kafolat bo‘la olmaydi”, - dedi Rivaldo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Fikrlar