Rivaldo: "Vinisius va Mbappe kelishib olishlari kerak"

  • 13 sentabr, 2024, 19:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo Vinicius Junior va Kilian Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi.

- Ba’zan Vinicius va Mbappe bir-biriga to‘p uzatmayotgandek tuyuladi. Agar ular o‘rtasida chindan ham nimadir bo‘layotgan bo‘lsa, bunday holat takrorlanmasligi muhim. Bunga yaxshi misol - Vinicius Mbappega penaltini tepishga yo‘l bergani. Vinicius "Real"da penalti tepishga tayinlangan o‘yinchi. Biroq, bunday vaziyatda ular bir-biriga yordam berishlari kerak. Men ham "Barselona"da Klyuyvertga penalti tepishga imkon berganimda shunday qilganman.

Muammolarning oldini olish uchun Vinisius va Mbappe o‘zaro kelishib olishlari kerak. Ikkalasi ham buyuk klub uchun o‘ynaydigan va yagona maqsadni ko‘zlagan ulkan futbolchilardir: "Real"ni chempion qilish, ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritish va ko‘p gollar urish
, - dedi Rivaldo "As" nashriga bergan intervyusida.

Tecno

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!