Robben "Siti"ga qarshi bahs oldidan: "Bavariya" meni qayta sotib olishi kerak, istalgan vaqtda qo‘ng‘iroqqa javob beraman!"

  • 11 aprel, 2023, 21:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Bavariya" "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi. Evropa chempionlar ligasi chorak final doirasida kechadigan o‘yin oldidan myunxenliklar sobiq futbolchisi Aren Robben o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Siti"ga qarshi bellashuvlardan yorqin xotiralar qolgan. Bu jamoa nomini ko‘rganimda, 2013 yil EChLda 3:1 hisobida g‘alaba qozonganimiz esga keladi. 

"Shaharliklar" bilan 7 ta o‘yin o‘tkazganman va ularning 6 tasida g‘olib bo‘lganman. Shunday ekan, "Bavariya" meni qayta sotib olishi kerak, istalgan vaqtda qo‘ng‘iroqqa javob beraman! (kuladi).

Albatta, bu hazil. Ushbu holatning imkonsiz ekanini hammamiz yaxshi bilamiz.

Bugun bo‘ladigan uchrashuv top o‘yin, shubhasiz. Intiqlik bilan startni kutyapman", - dedi niderlandiyalik sobiq futbolchi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!