Roberto Firmino: "Men Salohni sog‘inyapman va undan faxrlanaman"

  • 11.09.2025 16:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq "Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino o‘zining yaqin do‘sti va sobiq jamoadoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Men "Liverpul" va Muhammad Saloh erishgan yutuqlaridan xursandman. Men Salohni sog‘inyapman. Agar u meni kuzatayotgan bo‘lsa, unga aytamanki, men undan va bizning do‘stligimizdan juda faxrlanaman", — dedi Firmino.

Braziliyalik futbolchi 2015 yildan 2023 yilga qadar mersisaydliklar sharafini himoya qilib, 362 ta o‘yinda maydonga tushdi, 111 ta gol urdi va 76 ta golli uzatma berdi.

Hozirda 33 yoshli hujumchi Qatarning "Al-Sadd" klubida to‘p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning transfer bahosini 5 million evro deb belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!