Roberto Karlos Trentga maslahat berdi

  • 2 iyun, 16:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Roberto Karlos Trent Aleksander-Arnoldga ispan tilida qanday so‘zlarni o‘rganish kerakligini aytib o‘tdi.

Tecno

"Senga atigi uchta so‘zni bilish kifoya: "xayrli tong", "xayrli tun", "do‘stim" — va bo‘ldi", — dedi Karlos Aleksander-Arnoldga "Formula-1"ning Barselonada bo‘lib o‘tgan bosqichida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning "Real" klubi Trent Aleksander-Arnold bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi. Himoyachi klub bilan 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfermarkt portali 26 yoshli ingliz futbolchisining bozor qiymatini 75 million evro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!