Roberto Karlosni shu darajaga olib chiqqan murabbiy kim?

  • 11 aprel, 2020, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Roberto Karlos faoliyatidagi eng muhim murrabbiy kimligini aytdi.

“Roy Xojson meni “Inter”da sindirdi. U meni hamisha yarim himoyachi pozitsiyasiga qo‘yardi. Shu bois menda 1997 yilgi Amerika Kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga kirish imkoniyati yo‘q edi.

Morattidan meni qo‘yib yuborishni so‘radim. Shundan so‘ng “Real”da Fabio Kapelloning qo‘l ostida o‘ynadim va u mening faoliyatimdagi eng muhim murabbiyga aylandi”, - deydi Karlos.

Roberto Karlos 1996-2007 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!