Robertson: "Terma jamoa sardori bo‘lish men uchun katta sharaf"

  • 14.06.2024 12:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi Endryu Robertson Evropa chempionati guruh bosqichining birinchi turida Germaniyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida gapirdi

Tecno

"Oilamiz va muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Myunxenga kelishdi. Terma jamoa sardori bo‘lish men uchun katta sharaf. Umid qilamanki, bo‘lajak o‘yinda jamoamiz yaxshi natijaga erishadi va bunga yordam beraman", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.

Bugun Myunxendagi "Alyans Arena"da Germaniya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tyurpenning start hushtagi Toshkent vaqti bilan 22:00 da yangraydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!