Rodri «Barselona»ni tanladi: futbolchi vakili «Real»ga rad javobini tasdiqladi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining manfaatlarini himoya qiladigan agent Pablo Barkero futbolchining «Barselona» safiga o‘tish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Rodri avvalroq Madriddning «Real» jamoasi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rilayotgan edi. Ammo «Barselona» qiziqishi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, ispaniyalik futbolchi aynan kataloniyaliklar taklifini qabul qilishni ma’qul ko‘rgan.
«Real» klubiga hurmat ifodasi sifatida, ular o‘zini juda munosib tutgani uchun, Rodri qarorini yashirib o‘tmadi va klub vakillariga ochiqchasiga «Barselona»ga o‘tishni tanlaganini aytdi», – deya Pablo Barkeroning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli jahon chempioni uchun to‘lanadigan transfer puli taxminan 60 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin. «Sinegranatlar» yarim himoyachi bilan shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan.

Fikrlar