Rodri bir gap bilan “Oltin to‘p”ga da’vogar Vinisiusni yomon ranjitdi

  • 12 noyabr, 2024, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes 2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi.

Tecno

Biroq nufuzli individual sovringa Vinisius Junior ko‘proq loyiq ekani haqidagi fikr-mulohazalar tingani yo‘q.

Ko‘pchilik “Real” rahbariyati va UEFA mutasaddilari o‘rtasidagi ziddiyat tanlovga ta’sir qilganini ta’kidlamoqda.

Rodrining o‘zi “Oltin to‘p”ga da’vogarlar haqida gapirib, Vinisius Juniorning ikkinchi pog‘onaga loyiq emasligini ta’kidladi.

- “Oltin to‘p” sohibi tanlovida men ikkinchi o‘ringa Daniel Karvaxalni qo‘ygan bo‘lardim. Vinisius esa, undan keyingi uchinchi o‘rinda, - dedi ushbu so‘rovnomada birinchi o‘rinni egallagan Rodri Ernandes.

Aslida Vinisius Junior “Oltin to‘p”ni olishiga shu qadar ishongan ediki, rasmiy natijalar chiqmasidan oldin sovrinni nishonlashni boshlab yubordi. Biroq so‘nggi pallada nufuzli sovrin Rodriga topshirilishi ma’lum qilindi. Shundan so‘ng, “Real” taqdimot marosimini boykot qildi va bu klubdan hech kim tadbirga kelmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!