Rodrigo Alonsoning ishonchiga kirishni xohlayapti

  • 22 iyul, 18:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rodrigo "Real Madrid"dan ketishni rejalashtirmayapti.

Avvalroq xabar qilinganidek, madridliklar vingeri "Liverpul" va "Arsenal"ning e’tiborini tortgan. "Real" braziliyalik futbolchini 100 million evroga baholamoqda.

Tecno

AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Real" hozircha Rodrigo bo‘yicha hech qanday taklif olmagan, biroq transfer oynasi yopilishiga yaqin bunday takliflar kelishi mumkin.

Xabar qilinishicha, ta’tilda bo‘lishiga qaramay, Rodrigo mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishiga qadar yaxshi formada bo‘lish uchun mehnat qilmoqda. Qanot hujumchisi murabbiy Xabi Alonsoni o‘zining jamoaga foydali bo‘lishi mumkinligiga ishontirmoqchi.

Braziliyalik futbolchi 4 avgust kuni guruh mashg‘ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!