
Rodrigo "Real"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Real Madrid" futbolchisi Rodrigo 6 ta o‘yindan 3 tasida jami 100 daqiqa atrofida maydonda bo‘ldi. Pley-off bosqichida esa braziliyalik hujumchi faqat chorak finalning so‘nggi daqiqalarida ishtirok etdi.
Bu holat Rodrigoning jamoadagi kelajagiga oid mish-mishlarni yanada kuchaytirmoqda. Biroq, "Globo Esporte" nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi hozircha "Real"da qolish va asosiy tarkib uchun kurashishni afzal ko‘rmoqda. U faqatgina klubning tashabbusi bilan transferga rozi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rodrigoning shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 90 million evroga baholagan.
Bir necha mashhur nashrlarning xabariga ko‘ra, "qirollik klubi"ning futbolchisiga asosiy da’vogarlar - "Arsenal", "Manchester Siti", PSJ va "An-Nasr" bo‘lib turibdi.
Fikrlar