Rodrigoga Bundesligadan ham taklif bor!

  • 09.07.2025 20:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" vingeri Rodrigo faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi insayder Eduardo Inda. Manbaga ko‘ra, "Bavariya" braziliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Germaniya chempioni rahbariyati futbolchining transferi bo‘yicha "qirollik klubi"ga rasmiy taklif bilan chiqishga hozirlik ko‘rmoqda. Avvalroq matbuotda Rodrigoni Londonning “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Chelsi” klublari ham sotib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

24 yoshli futbolchining bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Rodrigoning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!