
Rodrigoni Angliyaning eng badavlat klubi sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik hujumchiga arab shayxlari egalik qiluvchi "Nyukasl" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qarg‘alar" rahbariyati Rodrigoning transferi uchun taxminan 80 million evro to‘lashga tayyor.
Avvalroq, klub bosh murabbiyi etib tayinlangan Xabi Alonso, 24 yoshli futbolchini jamoada olib qolmoqchiligini ta’kidlagan edi.
Futbolchining bozor qiymati 100 million evroga baholangan. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyining oxirigacha tuzilgan.
Yakuniga etgan mavsum La Ligada Rodrigo 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Fikrlar