Rodrining qachon safga qaytishi kundan-kunda oydinlashmoqda

  • 4 mart, 14:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri jarohatdan tiklanish jarayonini kutilganidan tezroq olib bormoqda. Klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda maydonga qaytishi mumkinligini ta’kidladi. 
 
Rodri sentyabr oyida "Arsenal"ga qarshi o‘yinda xojsimon paylarini uzib olib, operatsiyani boshdan o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng, Gvardiola uning mavsumni erta yakunlaganini aytgandi. Biroq, tayanch yarim himoyachisi yaqinda individual mashg‘ulotlarga qaytdi va murabbiy endi ancha optimistik kayfiyatda bo‘lib, shogirdi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. 
 
"Muhtoj bo‘lgan faqat muxlislar emas, biz ham xuddi shunday hayajondamiz. Ammo barchasi bosqichma-bosqich bo‘lishi kerak. Erta qaytishga shoshilish va keyin orqaga tashlanadigan qadamlarni qo‘ymaslik muhim" – dedi Gvardiola "The Guardian" nashriga bergan intervyusida. 

Shu bois, Rodri Angliya chempionatining so‘nggi turlarida yoki FIFA tomonidan o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatigacha "shaharliklar" safiga qaytishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!