
Rojers "Lester"da Kloppdan ko‘p maosh oladi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers klub bilan yangi kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra murabbiy APL murabbiylar orasida eng ko‘p maosh olayotganlar uchligiga kirdi.
Yangi kelishuvda uning yillik maoshi 5 million funtdan 10 million funtga oshirildi. Eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy Xosep Gvardiola (20 million funt) bo‘lsa, ustozi Joze Mourino (15 million funt) ikkinchilikni band etgan.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "tulkilar" ustozidan kam maosh oladi. Uning yillik maoshi 7,5 million funtni tashkil qiladi.
Fikrlar