Rojers Vardining qachon safga qaytishi mumkinligini aytdi
“Lester” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers APLning o‘tgan turida “Vest Xem”ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat olib birinchi bo‘limda zaxiraga olingan hujumchi Jeymi Vardining salomatligi haqida gapirib o‘tdi.
“Vardining jarohati tizzasida emas. Bu shunchaki mushaklar bilan bog‘liq va shu bois biz uni seshanba kuniyoq maydonda ko‘rishga umid qilyapmiz. Bungacha esa u dam olish kunlari shifokorlar ko‘rigida bo‘lishi kerak”, - deydi Rojers.
Eslatib o‘tamiz, Vardi ayni damda 17 ta gol bilan APL to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar