“Roma” Abraxamni dahshatli summaga sotadi! Balki Shomurodovga endi joy tegar…

  • 24 mart, 2022, 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” o‘tgan yili yozda “Chelsi”dan 40 million evro evaziga xarid qilgan Temmi Abraxamni katta summaga sotib yuborishi mumkin, - deb xabar tarqatmoqda Daily Mail nashri.

Tecno

Rim klubidagi debyut mavsumida 40 uchrashuvda 23 ta gol urgan hujumchining xaridorlari ko‘payib bormoqda. “Chelsi”ning o‘zi ko‘zp gol uradigan forvardga ehtiyoj sezmoqda va Temmini ortga qaytarishni istayapti. Londonliklarda futbolchini 80 million evroga qayta transfer qilish huquqi bor. Buning uchun “aristokratlar” 2023 yilning yozigacha transferni amalga oshirishi talab etiladi.

Xaridorlar orasiga “Manchester Yunayted” qo‘shildi va ular ham to‘purar hujumchi qidirmoqda.

“Roma” o‘tgan yili iste’dodli to‘purarni qo‘lga kiritganida u bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma imzolashga erishgan.

Rim klubi xo‘jayinlari to‘purarning transfer summasini 120 million evro qilib belgilamoqchi. Ular bundan ikki maqsadni ko‘zlagan. Birinchidan, katta summa belgilash orqali Temmi Abraxamni klubda ushlab qolmoqchi. Ikkinchidan, hujumchi bu narxga sotil, klub hech qanday zarar ko‘rmaydi, aksincha ro‘yxatdagi boshqa forvardlarni xarid qilishi uchun yaxshigina mablag‘ga ega bo‘ladi.

01fnxmj73vfx8e7zvy0s

Milanliklar “Roma” futbolchisini olib qoladi

“Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan “Roma” futbolchisi Alessandro Florentsi faoliyatini Milan shahrida davom ettiradigan bo‘ldi.

“Milan” klubi 31 yoshli himoyachining transfer huquqini to‘liq sotib olishga qaror qildi. Bunga Alessandroning barqaror o‘yin ko‘rsatayotgani sabab bo‘ldi. Jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli ham Florentsining jamoaga kerak ekanini ta’kidlab, transferni ma’qulladi.

Endi milanliklar “Roma” hisobiga 4,5 million evro miqdorida badal puli o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

Florentsi joriy mavsumda “Milan” safida 26 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qildi.

florentsi

Bu hujumchi “Roma”ga mos!

“Yuventus” va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Fabritsio Ravanelli Turin klubini tark etishga yaqin turgan argentinalik yulduz Paulo Dibala qaysi jamoaga o‘tishi kerakligini maslahat berdi.

Men Dibalani “Roma”da ko‘ryapman. U Rim klubida Temmi Abraxam va Lorentso Pellegrini bilan ajoyib hujum triosini tashkil qilishi mumkin, - dedi Ravanelli Sky Sport Italia jurnalistiga bergan intervyusida.

Shartnomasi yakunlanayotgan Dibalaga asosiy da’vogar sifatida “Inter” va PSJ tilga olinmoqda. Argentina terma jamoasi hujumchisiga “Atletiko”, “Barselona” va “Arsenal” kabi qudratli klublardan ham qiziqish bo‘lyapti.

Dibala joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

5_7

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!