"Roma" "Barselona"ning sobiq homiysidan 39 mln evro oladi
“Roma” klubi Qatar Airways bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, 39 mln evro olishini rasman e’lon qildi. Rimliklar ushbu aviakompaniya bilan EChL chorak finalida “Barselona” mag‘lub etilganidan so‘ng o‘zaro kelishuvga erishgan edilar.
Kelishuv 2021 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, “bo‘rilar” yiliga 11 mln evrodan pul olishadi. Agarda, “Roma” qayd etadigan natijalar, bundanda yaxshi bo‘lsa, ushbu summa yanada ko‘payishini ta’kidlash joiz.
Qayd etish joiz, “Yuventus” o‘z homiysi “Jeep”dan yiliga 17 mln evro, “Inter” esa “Pirello”dan 10 mln evro, “Milan” Fly Emirates”dan 14,5 mln evro daromad oladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar Airways 2015-2017 yillar oralig‘ida “Barselona” titul homiysi bo‘lib kelgan.

Fikrlar