
"Roma" darvozaboni faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi
Rimning “Roma” klubi darvozaboni Robin Olsen faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Shvetsiya terma jamoasi posboni “Monpele”ga o‘tadi. Frantsuz klubi uni 1,2 mln evro evaziga bir yilga ijaraga oladi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra “Monpele”da keyinchalik Olsenni 7 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.
Ma’lumot uchun, Olsen o‘tgan mavsum A Seriyada 27ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar