"Roma" Dibalaning taqdimotini qachon o‘tkazishi va u qachon debyut qilishi ma’lum

  • 19 iyul, 2022, 20:14
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, argentinalik hujumchi Paulo Dibala “Roma” bilan kelishuvga erishdi va ayni damda ushbu jamoa bilan birga Portugaliya yig‘inida bo‘lib turibdi.

Sky Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Dibalaning rasmiy taqdimot marosimi 6 avgustga belgilangan.

Aytish kerakki, 7 avgust kuni "Roma" Donetskning "Shaxtyor" klubiga qarshi o‘yin o‘tkazishni rejalashtirgan. Dibala aynan mana shu o‘yinda "bo‘rilar" libosida debyut qilishi kutilmoqda. Qolaversa, ushbu uchrashuvdan tushgan mablag‘ xayriya dasturiga yo‘naltiriladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!