"Roma" Eldorni APL klubiga faqat bir shart bilan sotadi

  • 2 avgust, 2022, 13:06
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga APL klubidan qiziqish bo‘lmoqda. Biroq unga "Bolonya"dan aniq taklif bor. 

"Bo‘rilar" sport direktori Tiagu Pintu Eldorni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalarga uni faqatgina to‘liq transfer yoki majburiy sotib olish sharti bilan qo‘yib yuborishini aytgan. 

Mavsumoldi uchrashuvlarda 27 yoshli hujumchimiz Mourinoni o‘z o‘yinlari bilan qoyil qoldira olmadi. Shu sababli, klub uni sotishga qaror qilgan. 

O‘tgan mavsumda rimliklar tarkibiga kelib qo‘shilgan goleador jami 40 ta bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta assist muallifiga aylangan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
02/08/2022 13:44
Мана буларкану
&
Абдурахмон лидер
02/08/2022 13:18
Расм нега малумотга тугри келмаябди