
“Roma” eng muhim futbolchisiga yangi taklif beradi
“Roma” himoyasining eng muhim o‘yinchisi – Kris Smollingning klub bilan shartnomasi mavsum oxiriga yakunlanadi.
Angliyalik futbolchida kelishuvni bir mavsumga uzaytirish huquqi bor. Lekin Smolling boshqa klublardan jiddiy taklif ola boshlagani “Roma” rahbariyatini unga boshqa shartnoma taqdim etishga majbur qilmoqda.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, rimliklar tajribali himoyachi “Inter”ga o‘tib ketmasligi uchun unga ikki yillik bitim berishga qaror qilgan.
Smollingni o‘zi kelajagi haqida puxtaroq o‘ylab ko‘rish uchun klub rahbariyatidan vaqt so‘ragani aytilmoqda.
Fikrlar