
“Roma” etakchisi bilan muzokara o‘tkazmoqda
"Roma" hujumchisi Nikolo Zanoloning agenti “bo‘rilar” bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda, deya xabar berdi “Football italia” nashri. Eslatib o‘tamiz, futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Manbaga ko‘ra, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ancha qizg‘in davom etmoqda. Shuningdek, Nikolaga "Milan" va "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda. Shu sababli, Zanoloning agenti mijozi uchun qulay bo‘lgan shartnomani qabul qilmoqchi.
Avvalroq, Zanolo yozgi transfer oynasida paytida “Roma”ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Transfermarkt” portali italiyalik futbolchini 33 million evroga baholagan. U o‘tgan mavsum “bo‘rilar” safida A seriya doirasidagi 28 o‘yinda ishtirok etib, 2 gol va 2 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar