"Roma" Evropa ligasining "Shaxtyor"ga qarshi muhim bahsidan oldin jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 10.03.2021 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Roma" hujumchisi Edin Jeko bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, bosniyalik futbolchi katta ehtimol bilan UEFA Evropa ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Shaxtyor"ga qarshi dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Rimliklar ustozi Paulu Fonseka esa uning 14 mart kuni "Parma"ga qarshi bo‘ladigan A Seriya bahsiga qadar sog‘ayishiga umid qilmoqda.

Jeko joriy mavsum Italiya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

"Roma" — "Shaxtyor" o‘yini esa 11 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!