
"Roma" futbolchisi Platinining natijasini takrorladi
“Roma” yarim himoyachisi Jordan Veretu kecha “Milan”ga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
E’tiborlisi, 28 yoshli Veretu A Seriyada bir mavsumda 10 tadan ko‘p gol urgan ikkinchi frantsiyalik yarim himoyachi bo‘ldi.
Bunga qadar Mishel Platini “Yuventus” ushbu natijani ketma-ket 4 mavsum davomida qayd etgan (1982/83, 1983/84, 1984/85 va 1985/86).
Veretu joriy mavsum Italiya chempionatining 23 ta bahsida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar