“Roma” futbolchisi Qatarga borishdan bosh tortdi

  • 9 noyabr, 2022, 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” kashfiyotlaridan biri Kristian Volpato jahon chempionatida ishtirok etadigan Avstraliya terma jamoasining chorlovini qabul qilmadi.

Tecno

18 yoshli futbolchi yaqin kelajakda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinidan taklif olishiga ishonmoqda va xalqaro maydonda italiyaliklar sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘ryapti.

Volpato Avstarliyaning “Western Sydney Wanderers” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va Rim klubiga 2020 yilning yanvarida 116 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Kristian Italiyaning 19 va 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalariga jalb qilingan va jami ettita o‘yinda ishtirok etgan.

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold iste’dodli futbolchisini milliy terma jamoa bilan Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida qatnashishga taklif qilib, rad javobini oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!