“Roma” futbolchisiga yaxshi xaridor chiqdi

  • 6 yanvar, 2023, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi vakili “Betis” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Roma” himoyachisi Matias Vinani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Urugvay terma jamoasi o‘yinchisi 2021 yilning yozida Joze Mourino taklifiga ko‘ra, “Roma”ga ko‘chib o‘tgandi. Biroq, iste’dodli futbolchi asosiy tarkibga kira olmadi.

“Nasonal” jamoasi tarbiyalanuvchisi Evropaga kelgunga qadar Braziliya chempionatida “Palmeyras” klubi sharafini ham himoya qilgan.

Matias asosan chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Vaziyatga qarab himoya markazida ham ishonchli o‘ynay oladi. Shunga qaramay, Rim klubi murabbiylar shtabi unga etarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti.

Joriy mavsumda A Seriya va Evropa ligasida jami ettita uchrashuvda qatnashgan Vinaning transfer narxi 6 million evroga tushib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!