“Roma” futbolchisini “Barsa” va “Real” kutmoqda

  • 24 iyul, 2022, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning braziyaliklik himoyachisi Rojer Ibanesning bozori qaynay boshladi. Bu o‘yinchini o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan jamoalar safi kengaymoqda.

Tecno

Bir necha kun oldin “Barselona” 23 yoshli futbolchini nishonga olgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Endi Ibanesni “Real” ham qo‘lga kiritmoqchi bo‘lyapti.

Ispaniya grandlari tez kunlar ichida Rim klubi vakillari bilan muzokara boshlashi kutilmoqda. Ibanesning o‘zi ham grand klublarga o‘tishga qarshi emas.

Ibanes Braziliyaning “Fluminense” jamoasidan “Atalanta”ga 2019 yilda transfer qilingan. “Roma” uni o‘tgan yili yozda 9 million evro evaziga to‘liq transfer qildi.

Rimliklar bilan yana uch yillik bitimga ega futbolchining transferi 23 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!