"Roma" hujumchisi "Lester"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi
"Roma" joriy hafta UEFA Konferentsiyalar ligasi yarim finali doirasida "Lester"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yindan oldin rimliklar hujumchisi Temmi Abraxam o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz kuchlimiz va o‘zimizga ishonamiz. Ularning uslubi biznikiga biroz o‘xshaydi, ular qarshi hujumlarda o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Ularda yugurishni yaxshi ko‘radigan juda tezkor futbolchilar va yaxshi yarim himoyachilar bor.
Ishonch bilan tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, shundan keyin har qanday raqibni mag‘lub eta oladigan vaqt keladi. Hamma narsa o‘zingizga bo‘lgan ishonchda.
Men Angliyaga qaytaman va bu o‘yin menga Italiyada o‘rganganlarimni namoyish qilish imkonini beradi. Men hayajondaman, o‘ylaymanki, butun oila a’zolarim o‘yinimni ko‘rish uchun keladi", - dedi angliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Lester" - "Roma" uchrashuvi 28 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Javob o‘yini esa 5 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar